Тошкент Тиббиёт Академияси 3-Клиникаси
          
Бош саҳифаЯнгиликларAkademiyadan – katta hayotga

Akademiyadan – katta hayotga

Toshkent tibbiyot akademiyasida magistratura yo‘nalishi bitiruvchilariga diplom topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi. Toshkent tibbiyot akademiyasi rektori akademik Sh.Karimov va boshqalar Prezidentimiz Islom Karimov rahnamoligida mamlakatimiz ta’lim tizimida amalga oshirilgan islohotlar yosh avlodga zamonaviy bilim berish, ularning iste’dodi va intellektual salohiyatini yuzaga chiqarishga xizmat qilayotganini ta’kidladi.

Toshkent tibbiyot akademiyasining magistraturasida bugungi kunda 46 yo‘nalish bo‘yicha 750 nafardan ziyod malakali mutaxassis tayyorlanadi. Joriy yilda 270 nafar yigit-qiz magistraturani bitirib, mustaqil hayotga yo‘llanma oldi. Toshkent tibbiyot akademiyasi, ilm-fan va oliy ta’lim maskanlari hamda tibbiyot klinikalari o‘rtasida tuzilgan hamkorlik shartnomasiga muvofiq, bitiruvchilarning barchasi ish bilan ta’minlandi.
E’zozbek Rizayev o‘z faoliyatini Toshkent tibbiyot akademiyasining jarrohlik kafedrasida davom ettiradi.
– Mamlakatimizda biz, yoshlarga ilm-fanning zamonaviy yutuqlaridan keng foydalanish, jahon tajribasini o‘rganish uchun barcha imkoniyatlar yaratilgan, – deydi E.Rizayev. – Bu o‘qish va ishda muvaffaqiyatlarimiz omili bo‘lmoqda. Ushbu imkoniyatlardan oqilona foydalanib, xalqimiz salomatligini saqlashga hissamizni qo‘shish asosiy vazifamizdir.
Manbaa: www.uza.uz

Системага кириш

Ҳаволалар
gov-uz

Ўзбекистон Республикаси

Ҳукумати Портали

 www.gov.uz

minzdrav

Ўзбекистон Республикаси

Соғлиқни Сақлаш Вазирлиги

www.minzdrav.uz

minzdrav

Тошкент Тиббиёт

Академияси

www.tma.uz

 

Тошкент тиббиёт академияси 3-клиникаси.
Ўзбекистон, Тошкент ш, Тараққиёт к, 103. Тел.: +(99871)-289-43-62 (24 соат). e-mail:info@3-klinikatma.uz
Сайт ва дастурлар ишлаб чиқариш Greencode МЧЖ