Тошкент Тиббиёт Академияси 3-Клиникаси
          
Бош саҳифаЯнгиликларOna suti – hayotbaxsh ne’mat

Ona suti – hayotbaxsh ne’mat

Ibn Sino ona sutini quyoshga qiyoslagan. Allomaning ta’biricha, yer yuzidagi mavjudotlar uchun quyosh nuri qanchalik zarur bo‘lsa, bola uchun ona suti shunchalik hayotbaxshdir.

Ona suti tarkibida farzand sog‘lom ulg‘ayishi, tetik va barkamol voyaga yetishi uchun zarur yuzdan ziyod mikroelementlar mavjud ekanligini bugungi zamonaviy ilm-fan ham tasdiqladi. Sun’iy oziqlantiriladigan go‘daklar emiziladigan bolalarga nisbatan o‘lim xavfiga o‘n to‘rt baravar ko‘proq duchor bo‘lishi aniqlandi.

Bunday muammolarning oldini olish maqsadida butun dunyoda Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti, BMTning Bolalar jamg‘armasi – YUNISEF ko‘magida tibbiyot muassasalarida bolalarni ona suti bilan oziqlantirishga oid “O‘n qadam” tamoyili hayotga tatbiq etilmoqda. Har yili dunyoda ushbu masalalarga bag‘ishlangan tadbirlar, haftaliklar o‘tkazilmoqda.

O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligi va YUNISEFning mamlakatimizdagi vakolatxonasi hamkorligida 6-12-avgust kunlari o‘tkazilgan shunday haftalikda ona suti bilan oziqlantirishning afzalliklari va ahamiyati keng targ‘ib etildi.

Prezidentimiz Islom Karimov rahnamoligida mamlakatimizda onalik va bolalikni muhofaza qilish, sog‘lom avlodni voyaga yetkazishga doimiy e’tibor qaratilmoqda. Bu jarayonda zamonaviy tibbiyot yutuqlari bilan birga ezgu an’analarimizdan ham keng foydalanilayotir. Xususan, chaqaloqni tug‘ilgan zahoti ona bag‘riga berish va ko‘krak suti bilan oziqlantirish yo‘lga qo‘yildi. Birlamchi tibbiy-profilaktika muassasalari, perinatal markazlar va tug‘uruq majmualarining vrach hamda hamshiralari ona suti bilan oziqlantirishni targ‘ib etish bo‘yicha malaka oshirmoqda. Bu bolalar kasalliklari va o‘limining oldini olish, sog‘lom farzandlarni kamolga yetkazishga xizmat qilayotir.

Bu boradagi ilg‘or tamoyillarni hayotga samarali tatbiq etayotgan bir qator shifo maskanlarimiz YUNISEFning “Bolaga mehri baland shifoxona” sertifikatini qo‘lga kiritdi. “Mustahkam oila yili” Davlat dasturida fertil yoshdagi ayollar o‘rtasida sog‘lomlashtirish tadbirlarini tashkil etish orqali bolalar salomatligini yanada mustahkamlash bo‘yicha keng ko‘lamli chora-tadbirlar belgilangan.

O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligidan ma’lum qilishlaricha, ushbu haftalik doirasida ham targ‘ibot-tashviqot tadbirlari, malaka oshirish mashg‘ulotlari o‘tkazilgan. Namangan va Andijon viloyatlaridagi qirqqa yaqin oilaviy poliklinika, qishloq vrachlik punkti, tug‘uruq bo‘limlari va perinatal markazlarga YUNISEFning “Bolaga mehri baland shifoxona” sertifikati topshirilgan.

Manbaa: www.uza.uz

Системага кириш

Ҳаволалар
gov-uz

Ўзбекистон Республикаси

Ҳукумати Портали

 www.gov.uz

minzdrav

Ўзбекистон Республикаси

Соғлиқни Сақлаш Вазирлиги

www.minzdrav.uz

minzdrav

Тошкент Тиббиёт

Академияси

www.tma.uz

 

Тошкент тиббиёт академияси 3-клиникаси.
Ўзбекистон, Тошкент ш, Тараққиёт к, 103. Тел.: +(99871)-289-43-62 (24 соат). e-mail:info@3-klinikatma.uz
Сайт ва дастурлар ишлаб чиқариш Greencode МЧЖ