Тошкент Тиббиёт Академияси 3-Клиникаси
          
Бош саҳифаЯнгиликларIslohotlar – inson uchun

Islohotlar – inson uchun

Milliy matbuot markazida O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan Vatanimiz mustaqilligining 21 yilligiga bag‘ishlangan matbuot anjumani tashkil etildi.

O‘zbekiston sog‘liqni saqlash vaziri A.Alimov va boshqalar Prezidentimiz Islom Karimov rahnamoligida amalga oshirilayotgan islohotlar inson manfaatlarini muhofazalashga xizmat qilayotganini ta’kidladi. Bu borada tibbiyot tizimida hayotga tatbiq etilayotgan dastur va loyihalarning ham samarasi beqiyos bo‘lmoqda.

Davlatimiz rahbarining 1998-yil 10 noyabrda qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash tizimini isloh qilish Davlat dasturi to‘g‘risida”gi farmoniga muvofiq, tibbiyot tizimini takomillashtirish, sohaga ilg‘or tajriba va zamonaviy texnologiyalarni joriy etish borasida keng qamrovli ishlar amalga oshirilmoqda. Buning samarasida sifat jihatidan yangi, yuksak talablarga javob beradigan birlamchi shifo maskanlari, shoshilinch tibbiy yordam va ixtisoslashtirilgan markazlarni o‘z ichiga olgan zamonaviy tibbiyot tarmog‘i shakllantirildi.

Onalik va bolalikni muhofaza qilish, emlash orqali yuqumli kasalliklarning oldini olish, skrining va perinatal markazlar tarmog‘ini rivojlantirish, aholining tibbiy madaniyatini oshirish, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish uzluksiz jarayonga aylandi.

Bu yo‘nalishdagi ishlar ko‘lamini yanada kengaytirish, xalqimizning salomatligini mustahkamlash, aholiga ko‘rsatilayotgan tibbiy-profilaktika yordamini kuchaytirish maqsadida mamlakatimizda tug‘ish yoshidagi ayollar, o‘smirlar va bolalarni sog‘lomlashtirish haftaliklari o‘tkazilmoqda. Bu kasalliklarni erta aniqlash, o‘z vaqtida sog‘lomlashtirish imkonini berayotir. Keyingi yillarda mamlakatimizda onalar va bir yoshgacha bo‘lgan go‘daklar o‘limi keskin kamaydi. Aholining o‘rtacha umr ko‘rish ko‘rsatkichi uzaydi. Yurtimizda sanitariya-epidemiologiya muhiti barqaror saqlanmoqda.

Global iqtisodiy inqiroz natijasida ko‘pgina davlatlarda ijtimoiy sohaga ajratilayotgan mablag‘ miqdori kamayib borayotgan bugungi sharoitda mamlakatimizda davlat byudjetining salmoqli qismi ijtimoiy sohaga ajratilayotir. Xususan, joriy yildagi investitsiya dasturi doirasida 151 tibbiyot muassasasi qurilishi va rekonstruksiya ishlarini amalga oshirish uchun 256 milliard so‘m mablag‘ ajratildi.

Aholi salomatligini muhofazalash borasida erishilayotgan bunday natijalar 2011-yili mamlakatimizda o‘tgan “O‘zbekistonda ona va bola salomatligini muhofaza qilishning milliy modeli: sog‘lom ona – sog‘lom bola” mavzuidagi xalqaro simpoziumda Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti, YUNISEF va dunyoning boshqa eng nufuzli xalqaro tashkilotlari va ellikka yaqin davlatlar tomonidan yuksak baholandi.

Matbuot anjumanida jurnalistlarni qiziqtirgan savollarga mutaxassislar javob qaytardi.


Manbaa:uza.uz
Системага кириш

Ҳаволалар
gov-uz

Ўзбекистон Республикаси

Ҳукумати Портали

 www.gov.uz

minzdrav

Ўзбекистон Республикаси

Соғлиқни Сақлаш Вазирлиги

www.minzdrav.uz

minzdrav

Тошкент Тиббиёт

Академияси

www.tma.uz

 

Тошкент тиббиёт академияси 3-клиникаси.
Ўзбекистон, Тошкент ш, Тараққиёт к, 103. Тел.: +(99871)-289-43-62 (24 соат). e-mail:info@3-klinikatma.uz
Сайт ва дастурлар ишлаб чиқариш Greencode МЧЖ